So‘nggi yillarda yurtimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan chora-tadbirlar tinch va osoyishta hayotimizni taʼminlashda yuksak samara bermoqda.
Xususan, bugun Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo’yicha brigadasi harbiy xizmatchilarining oila aʼzolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri amalga oshirildi.
Harbiylarning oila a’zolari UZD, EKG, qo‘shimcha laboratoriya ko‘riklari va boshqa zamonaviy apparatlar tekshiruvidan o‘tib, pediatr, nevropatolog, endokrinolog, kardiolog kabi tajribali shifokorlar qabulida bo‘lishdi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar oila aʼzolariga va farzandlariga sog‘lig‘idagi o'zgarishlar va mavjud kasalliklarni aniqlab olish imkonini berdi.
Ko'rik yakunida oliy toifali pediatr tomonidan bolalarning sogʻlom ulgʻayishi yoʻlida ular muntazam sport bilan shugʻullanishlari lozimligi ota-onalarga tushuntirildi va bu borada kerakli tavsiyalar berildi.
Bu kabi tibbiy ko‘riklarni o‘tkazishdan maqsad harbiy xizmatchilarning oila a'zolaridagi turli xil kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishdan iborat.
Bo`lishmoq: