Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi faollar zalida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini kirib kelgan yangi 2025-yil bilan qutlab, "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan oʻz tabrigini oʻqib eshittirdi.
Uchrashuv soʻnggida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Umid Karimov harbiy xizmatchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Bo`lishmoq: