Harbiy qismda kitob yarmarkasi tashkil etildi

01.Fev.2025

Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda bugun harbiy xizmatchilar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasini oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda ularni turli adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Yarmarkada muddatli harbiy xizmatchilar, serjant va ofitserlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va harbiy mavzudagi adabiyotlar harbiylar uchun katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech