Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

29.Dek.2024

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o’tdi. Unda Nurafshon shahri 9-sonli maktabning o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, 300 ga yaqin yoshlarga harbiy qismdagi qurol-aslaha, harbiy texnikalar boʻyicha ma’lumotlar berildi hamda xizmat itlarining harakatlari va chiqishlari namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini oshirish va harbiy xizmatga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech