Harbiy oilalar mustahkamligi yoʻlida

30.Okt.2024

Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼullari tomonidan Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari bilan "Oila-jamiyatning asosiy poydevori" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan yosh oilalar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oilalar farovonligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida alohida tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, har bir oila aʼzolari bilan oʻzaro suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi.

Tadbir doirasida oilalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Ko‘rikka kardiolog, pediatr, terapevt, oftalmolog, lor, nevrolog, endokrinolog kabi mutaxassis shifokorlar jalb etilib, ular ishtirokida chuqurlashtirilgan ko‘rik, shuningdek, UTT va EKG tekshiruvlari o‘tkazildi. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik davomida aniqlangan birlamchi kasalliklar boʻyicha sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan shifokorlar tomonidan kerakli va zarur boʻlgan tavsiyalar berildi.

Respublikamiz boʻylab bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech