Toyloq tumanidagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlangan navbatdagi harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Toyloq tumanidagi 52-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻining qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlangan navbatdagi harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda soʻz olganlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining tarixi va uning ahamiyati, davlat bayrogʻiga hurmat, milliy qadriyatlar va Vatanga boʻlgan muhabbatni targʻib qilishga keng foydalanishligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.
Tadbir davomida otaliqqa olingan va oʻquvchi yoshlar qurol-aslahalar koʻrgazmasi, sportning kamondan otish, shashka, arqon tortish, tosh koʻtarish boʻyicha oʻz mahoratlarini namoish etgan boʻlsalar, bayroqni madh etuvchi rasmlar tanlovi boʻyicha ham bellashishlar tashkil etildi.
Musobaqa yakunida faol yoshlar va gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va oʻquv adabiyotlari bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim qadamlardir.
Bo`lishmoq: