O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning shaxmat turini yanada ommalashtirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi sovrini uchun “Shaxmat” musobaqasi o‘tkazildi. Shaxmat musobaqasida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, DXX chegara qo‘shinlari, FVB, Bojxona boshqarmasining harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirok etdi.
Shaxmat musobaqasida harbiy qism va muassasalardan 50 nafar yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘zaro aql gimnastikasida bellashdilar. Musobaqaning viloyat bosqichi g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom, medal va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: