Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan markaz doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibi bilan uzoq yillar ishlagan, kuch va g‘ayratlarini yosh xodimlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun sarf etgan faxriylar bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirga uzoq yillar huquqni muhofaza qilish organlarida xodim sifatida, rahbar sifatida ishlagan iste’fodagi podpolkovnik Xolmirzayev Muxiddin Tursunovich va Qurolli Kuchlar tizimida ishlab nafaqaga chiqqan harbiy uchuvchi Farg‘ona viloyati “Afg‘on jangchilari” uyushmasi raisi iste’fodagi podpolkovnik Mirzaolimov Baxtiyorjon Mirzayevichlar ishtirok etdilar. Faxriylarni boy hayotiy va kasbiy tajribalari bilan yosh avlod vakillarini tanishtirish maqsadida keksa avlod vakillari bilan yosh xodimlarning davra suhbati tashkil etildi.
Bo`lishmoq: