Harbiylik kasbiga qiziquvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

10.Yan.2025

 Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida huquqni himoya qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, harbiylik kasbiga qiziquvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

  Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning harbiy hayoti, qo`l jangi chiqishlarini kuzatish, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi. Shuningdek, yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
  Tadbir davomida, yoshlar uchun anjom-aslahalar, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

  Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalashda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishi shubhasiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech