Arnasoyda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbiri o‘tkazildi

03.Okt.2024

Arnasoy tuman Madaniyat markazida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, dinlararo hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Arnasoy tumani bosh mutaxassisi G‘.Saydullayev, tumani bosh imom xatibi R.Nishonov, Arnasoy tuman hokimii o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Xaydarova, Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘limi O.Zoidov, tuman IIB o‘rinbosari mayyor A.Bobobekov, Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi Bolalar bilan ishlash bo‘limi Arnasoy tuman bo‘yicha katta inspektor katta leytenant Sh.Qo‘ldoshevlar, tumani tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamkorlikda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbiri o‘tkazildi.  

Tadbir jarayonida yig‘ilish ishtirokchilariga yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, sohta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog‘lom aqidalarni va nosog‘lom fikrlarni singdirish holatlari kuzatilayotganligi tushintirilib, diniy-maʼrifiy sohani yana-da takomillashtirish, taqiqlangan kitoblarni olib kirmaslik, jamiyatda «Jaholatga qarshi - maʼrifat» degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini taʼminlash hamda oila muqaddasligi yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi. 

Shuningdek, “Kiyinish madaniyati, o‘zbekona urf-odatlar” va “Turk va Arab” liboslariga taqlid sifatida kiyinib yurayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish hamda o‘quvchi yoshlarni har xil buzg‘unchi yod g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmasligi hususida suhbatlashildi.

Uchrashuv davomida Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yoshlarni har-xil oqimlarga tushib qolishini oldini olish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berib o‘tildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech