Avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

02.Noy.2024

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida bo‘linmalardagi mavjud harbiy texnikalar, xizmat avtotransport vositalari qish mavsumi oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Unda texnikalarning sozligi, yog‘ingarchilik kunlarga tayyorligi, jangovar shayligi hamda mavjud jihozlari o‘rganildi. Haydovchilarning bilim va ko‘nikmalari, tegishli meʼyoriy hujjatlari ko‘zdan kechirilib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunda safdoshlari orasida namunali bo‘lgan bir guruh harbiy xizmatchilar boshqarma boshlig‘i tomonidan tegishli tartibdi rag‘batlantirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech