Bayram munosabati bilan gvardiyachilar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi

01.Sen.2025

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo'ylab bayram tadbirlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo’yicha boshqarmasida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida gvardiyachilar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.

Shaxsiy tarkib o‘rtasida o‘tkazilgan futbol, turnikka tortilish, yengil atletika hamda tosh ko‘tarish sport musobaqalari ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat bag‘ishlagani hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarini o‘rnatilishiga ham turtki bo‘lgani shubhasizdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech