“Bayrog’im - faxrim, g’ururim!” - Buxoroda bayram tadbiri o’tkazildi

16.Noy.2024

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Buxoro davlat universiteti hamda yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida "Bayrog‘im-faxrim g‘ururim" shiorida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, har bir fuqaroni gʼururga toʼldiruvchi davlat bayrogʼining 33 yilligi bilan barchani muborakbod etishdi.

Tadbir davomida, Milliy gvardiyaning jangovor chiqishi hamda talabalar tomonidan turli tillarda aytilgan bayram tabrigi tinglandi. Qoʼshiqlar hamda raqslar ijro etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech