Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida buyuk shoir, davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Boburning boy adabiy merosi, uning millatimiz tarixi va madaniyatiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil to‘xtaldilar. Boburning nafaqat shoir va tarixchi, balki ulkan davlat arbobi sifatida ham muhim o‘rin tutgani, uning asarlari orqali kelajak avlodga beqiyos maʼnaviy boylik qoldirgani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir chog‘ida Zahiriddin Muhammad Boburning qalamiga mansub g‘azallardan parchalar o‘qilib, ularga asoslangan kuy va qo‘shiqlar mahorat bilan ijro etildi. Bu esa tadbirga o‘zgacha ko‘rk va shukuh bag‘ishlab, yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Bo`lishmoq: