Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

26.Avg.2025

2025-yil 26-avgust kuni Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi xiyoboni”da Jizzax viloyati hokimining tashabbusi bilan tegishli hududiy boshqarmalar hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — ish izlayotgan fuqarolarga yangi imkoniyatlar yaratish, ularni mehnat bozorida mavjud vakant lavozimlar bilan tanishtirish hamda viloyatda bandlik darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Yarmarkada turli tashkilot va korxonalar tomonidan yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Fuqarolarga mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ularni ishga joylashtirish tartib-qoidalari tushuntirildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi ham faol ishtirok etdi. Gvardiyachilar oilalari vakillari uchun mavjud ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, zarur maslahatlar taqdim etildi.

Bunday yarmarkalar aholining bandligini ta’minlash, fuqarolarning munosib mehnat bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech