Xorazm viloyati Prokuraturasi, “Qoʻriqlash” boshqarmasi hamda Shovot tuman hokimligi bilan hamkorlikda viloyatning chekka hududlaridan biri hisoblangan “Boʻston” mahallasida yashovchi aholi hamda otaliqqa olingan yoshlar uchun kompleks tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish, “Besh ming qadam” salomatlik aksiyasi, boʻsh ish oʻrinlari "Mehnat yarmarkasi", arzonlashtirilgan "Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi", mahalla fuqarolari uchun "Sayyor tibbiy koʻrik" hamda yoshlar uchun sportning kamondan otish, shaxmat-shashka, stol tennisi va boshqa turlari boʻyicha qiziqarli bellashuvlar oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ish bilan band qilish masalasini hal qilishdan iborat. Oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida koʻplab fuqarolar oʻzlarining ijtimoiy masalalariga yechim topishdi.
Bo`lishmoq: