Bugun 9 may — Xotira va qadrlash kuni. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

09.May.2023

Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi.

Ikkinchi jahon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Мa'naviyat va ma'rifat markazi rahbariyati urush qatnashchilarini, front orti mehnat faxriylarini va barcha vatandoshlarimizni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech