Buxoro shahridagi Prezident maktabida fevral oyi oʻzbek adabiyotining zabardast shoirlari Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan "Hamisha barhayot buyuk siymolar" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy bayram dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbir 2-qismda tashkil etildi. 1-qismda oʻquvchilar Navoiy va Bobur ijodidan sheʼr, gʻazal, sahna koʻrinishlari hamda kuy-qoʻshiqlar ijro etib, badiiy kechaga zavq-u shavq ulashdilar.
2-qismda mehmon sifatida tashrif buyurgan BuxDU filologiya fakulteti professori, adabiyotshunos olima N.J.Bekovaning Alisher Navoiy va Bobur ijodi yuzasidan ilmiy maʼruzasi tinglandi, Buxoro viloyati Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nasriddin Bozorovlar ham soʻzga chiqib, shoirlar haqidagi oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilаr.
Bo`lishmoq: