Buxoro viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar Kengashi, Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo'linmasi bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” va “Jaholatga qarshi ma’rifat – asosiy maqsadimiz” mavzularida targ'ibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlarimiz faxriylari va ustozlar askarlarga tinchlikning naqadar ulugʻ neʼmat ekanligi, bu kungi kunda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va “Vatanparvarlik” atalmish oliy tuygʻu haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirildilar.
Shuningdek, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor psixologlari va Qurolli kuchlar faxriylari ishtrokida ham “Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuv Furqat tumani 37-sonli maktabda o‘tkazildi.
Uchrashuvda ustozlar tomonidan berilgan tarbiyaviy o‘gitlar va hayotiy tajribalar yoshlar uchun chin ma’noda motivatsiya bo’ldi.
Bo`lishmoq: