“Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo’laylik!” tanlovi o’tkazildi

14.Fev.2025

Milliy Gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi, viloyat Qo'riqlash boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida Alisher Navoiy bobomizning 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan Harbiy qism va muassasalardagi yosh harbiy xizmatchilar va oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar o‘rtasida “Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik!” tanlovi o‘tkazildi.

“Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik!” mavzusidagi ijodiy tanlov nizomiga asosan ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha 8 ta jamoa o‘zaro bellashib, o‘zlarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashlari va iqtidorlarini namoyish etdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech