Buyuk ajdodlarimiz merosi — milliy g‘ururimiz va faxrimizdir!

09.Fev.2025

Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan buyuk allomalarimiz — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuv davomida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari badiiy ijro etildi.

Maqsadi — harbiy xizmatchilar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga hurmat, ona tilimizga muhabbat va adabiyotimiz durdonalariga qiziqishni yanada oshirishdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech