Chekka va chegara oldi hududlardagi tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

11.Okt.2024

Chekka va chegara oldi hududlardagi o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya, harbiy prokuratura hamda Mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Log‘umbek qishlog‘i Chekyor MFY hududi aholisi hamda 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Qurolli kuchlarimiz faoliyatiga qiziqishni yanada oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Yoshlar uchun qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, harbiy orkestr tomonidan musiqa namoyishlari taqdim etildi. Shuningdek, harbiy chiqishlar ham o'tkazilib, o'quvchilarga Qurolli kuchlarimizning vazifalari va ahamiyati hamda sportning Kamondan otish turi bo’yicha o‘z mahoratlarini sinab, ushbu sport haqida ma'lumot berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi va ularda o‘z mamlakatiga bo‘lgan sevgi va sadoqatni mustahkamlaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech