Samarqand shahridagi 43-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida o‘quvchi yoshlarni Vatanga sodiqlik va Vatanni sevish hislarini tarbiyalashga qaratilgan "Chempion va yoshlar" nomli davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirda yoshlarga Vatanga bo‘lgan muhabbat, unga xizmat qilishning g‘ururi va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda, qo‘l jangi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchisi Nilufar Polvonova ham ishtirok etdi. U o‘zining sportdagi ilk qadamlari, chempionlik sarlari va kurashda erishgan ulkan yutuqlari haqida yoshlarga to‘liq ma’lumot berdi. Nilufar Polvonova o‘zining kasbidagi tajribasini o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashib, ularga mehnat, intizom va sa’y-harakatlar orqali oliy marralarga erishish mumkinligini ta’kidladi. Har bir yosh uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kamarbasta, qobiliyatni rivojlantirish va Vatanga xizmat qilish yo‘lidagi ma’naviy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan ushbu tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga motivatsiyaga ega bo‘ldilar.
Bo`lishmoq: