“Yoshlar forumi-2024” doirasida tashkil etilgan tadbirda ertamiz egalari dastlab akademiya faoliyati,kursantlarning yashashi va bilim olishi uchun yaratib berilgan sharoitlar hamda buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi, harbiy yurishlari aks ettirilgan tematik sinfxonalari bilan yaqindan tanishdi. Milliy armiyamizning kecha va bugunini oʻzida mujassam etgan akademiya muzeyi esa oʻquvchi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Shundan so‘ng, mudofaa vazirining o‘rinbosari hamda akademiya boshlig‘i ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarning maʼnaviy-ruhiy kamoloti, jamiyatimizning buguni va kelajak hayotida ularning tutgan o‘rni masalalari yuzasidan kerakli ma’lumotlar va maslahatlar berildi.
Bo`lishmoq: