Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari o‘rtasida xushyorlik va ogohlikni oshirish, turli yot g‘oyalarga qarshi ularning maʼnaviyati va bilimini yana-da yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi masʼul xodimi ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmning tinchlik va barqarorlikka taʼsiri”mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida maʼruzachi tomonidan shiddat bilan rivojlanib va taraqqiy etib borayotgan hozirgi kunda jahonda millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar saqlanib qolayotganligi, ana shunday xatarlardan biri bo‘lgan diniy ekstremizm va terrorizm kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, bugunida ham xalqlar boshiga og‘ir kulfatlarni yog‘dirib, o‘zlarining buzg‘unchilik harakatlarini amalga oshirib kelayotganligi, ular o‘zlarining terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlari bilan chegaralanib qolmay balki buzg‘unchilik g‘oyalarini amalga oshirishda inson qalbi va ongini egallashga bo‘lgan urinishlari bilan ham namoyon bo‘layotganliklari taʼkidlab o‘tilib, bu kabi holatlarga qarshi har bir xodim doimo xushyor va ogoh hayot kechirishi, bilim saviyalarini oshirish, maʼlumotlarni ishonchli manbaalardan olish lozimligi yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
Bo`lishmoq: