Davlatimiz rahbarining 2021-yil 10-dekabr kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan Jizzax viloyati "Forish" dala-oʻquv maydonida Milliy gvardiya tizimida “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari oʻtkazildi.
Sinovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasida ko’tarinki ruhda tashkil etildi va koʻkrak nishonlar boshqarma boshlig’i polkovnik L.Ya.Yaxshilikov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bo`lishmoq: