“Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

01.Noy.2024

Farg‘onada Milliy gvardiya tizimida oʻtkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi va unda koʻkrak nishonlar oʻz egalariga topshirildi

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Jizzax viloyati "Forish" dala-oʻquv maydonida Milliy gvardiya tizimida “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari oʻtkazildi.

Sinovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo’yicha boshqarmasida tashkil etildi va unda koʻkrak nishonlari va navbatdagi harbiy unvon olayotgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi unvonlar boshqarma boshlig’i polkovnik Sh.Akbarov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech