Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi

31.Dek.2024

Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli bo‘lib kelgan. Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan. Xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehribonlik odatlari ayniqsa yangi yil arafasida namoyon bo‘lmoqda. Shu sabab, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig’i polkovnik L.Ya Yaxshilikov tashabbusi bilan yangi yil kirib kelishi arafasida
Jizzax shahrida joylashgan "Bog’ishamol" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashish maqsadida birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va sovg’alar ulashildi.Xalqimiz bunday e’tibordan o’z minnatdorchiliklarini bildirib, qo’llarini duoga ochdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech