Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi kuch tuzilmalari, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat bojxona boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon bo‘linmasi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali o‘rtasida o‘tkazildi.
Bobur ijodiga doir qizg‘in savol-javoblarga sog‘lom raqobat tarzda kuch sinashishdi. Intellektual bahs yakunida 1-o‘rin Bojxonachilar, 2-o‘rin Everest, 3-o‘rin Yosh gvardiyachilar jamoalari egallashdi. Intellektual o‘yin yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, estalik sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Bo`lishmoq: