Milliy gvardiya Xorazm viloyatiQo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Xiva tumanidagi “Qoraqum” mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – aholi, ayniqsa, yoshlarning ijodiy va sportga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirish, ularni salbiy taʼsirlardan xoli qilish, madaniyat va sport orqali ularning fikrlash tarzini rivojlantirish edi.
Tadbirda keng qamrovli sport musobaqalari tashkil etildi, ular orasida kamondan otish, voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka va kibersport turlari bo‘lib o‘tdi. Bu sport turlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga va jismoniy tarbiyaga eʼtiborni kuchaytirishga xizmat qildi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar ham o‘z o‘rnida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur tadbir doirasida milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimizni namoyish qilishga alohida urg‘u berildi. Milliy raqslar va konsert dasturlari ishtirokchilarga katta xursandchilik va his-tuyg‘ular tug‘dirdi. Ayniqsa, gulhan atrofidagi o‘yinlar barchaning ko‘nglida yorqin taassurotlar qoldirdi.
Bu tadbir yoshlarning har tomonlama rivojlanishi va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Maxsus tashkil etilgan musobaqalar va madaniy ko‘rgazmalar nafaqat yoshlarga, balki ularning oilalariga xushkayfiyat bag‘ishladi.
Bo`lishmoq: