Tadbirda davlatimiz rahbarining 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, Milliy qadriyatlarni o‘zida namoyon etgan sahna ko‘rinishlari, munis onalarimizning yoqimli allalari bilan boshlangan ushbu seminar barchaga milliy g‘urur, vatanparvarlik kabi takrorlanmas his tuyg‘ularni ulashdi desak adashmagan bo‘lamiz.
Ayniqsa, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxammedovaning “Ezgulik-shiorimiz, maʼrifat qurolimiz” nomli ezgu g‘oya asosida milliy qadriyatlar va o‘zlikni anglash borasida qilgan maʼruzasida kelajak avlod taqdiri bilimli va zukko, kuchga to‘lgan, o‘ziga ishongan haqiqiy vatanparvar insonlar qo‘lida ekanligi va albatta bu insonlarni onalar chiroyli tarbiya qilib voyaga yetkazishlari muhimligi yana bir bor taʼkidlab o‘tildi.
Seminar qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tdi. Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar xizmat vaqtida qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan yangi psixologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma`naviyat va ma`rifat markazi ansambli xonandalari ham o`zlarining milliy kuy-qo`shiqlari bilan tadbirga o`zgacha ko`tarinki ruh bag`ishladilar.
Shuningdek. mazkur seminarda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi roli va masʼuliyati haqida ham kengroq tushunchalar berildi. Bu esa xodimalarning oilada va xizmat jarayonidagi masʼuliyatini yana bir karra oshishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bo`lishmoq: