Joriy yilning 23-yanvar kuni videoselektor tarzida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Faxriylar markaziy va hududiy boshqarmalar kengashlari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi oʻtkazildi.
Tadbirni Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari polkovnik S.Mamayusupov kirish soʻzi bilan ochib, oʻtgan davr mobaynida hududiy faxriylar kengashlari tomonida amalga oshirilgan ishlar, qoʻlga kiritilgan natijalar yuzasidan qisqacha toʻxtalib oʻtdi va faxriylar tomonidan kelgusida yoshlarni, harbiy xizmatchi va xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi sharafli ishlariga omad tiladi.
Shundan soʻng, Faxriylar markaziy kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik M.Mamayusupov hududiy boshqarmalar faxriylar kengashlari aʼzolari tomonidan oʻtgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan maʼruza qildi.
Yigʻilish soʻngida 5 ta yoʻnalish boʻyicha eng faol faxriylar tashakkurnoma, Milliy gvardiya “Namunali xizmatlari uchun” III darajali koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bo`lishmoq: