Malaka oshirish o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 33 nafar Qo‘riqlash bo‘linmalarining O‘ta muhim va toifalangan obyektlarni qo‘riqlash bo'yicha safdor xodimlari va patrullik guruhi harbiy xizmatchilariga sertifikatlar topshirildi. Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i gvardiya polkovnigi J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni sertifikat qabul qilganliklari va o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Bo`lishmoq: