FARG‘ONADA 9 YOSHLI QIZALOQ MAKTABGA ILK QADAM QO‘YDI.

13.Sen.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik K.Toshdonov, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari aniqlagan ma'lumotga ko‘ra Farg‘ona shahar Beshbola MFY, Quva ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh. F. A ning 31.12.2015 yilda tug‘ilgan farzandi Akmalova Safiyaxon Furqat qizini 9 yoshga to‘lganiga qaramasdan hozirgi kunga qadar majburiy ta'limga ruxsat bermayotgani va bu haqida murojaat bilan ham chiqmaganligi aniqlanganligi uchun unga nisbatan O‘z.Res.MJtK ning 47-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shundan so‘ng, Mahalla yettiligi va yashash xonadoni yaqinida joylashgan Farg‘ona shahar 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori, maktab mas'ullari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, S.Akmalovani maktabning nechanchi sinfiga qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Mutaxassis pedagoglarning xulosasiga ko‘ra 1-sinfga qabul qilishga kelishildi. Qizaloqning oilaviy sharoiti moddiy tomondan yaxshi bo‘lmaganligi sababli inspektor-psixolog va maktab ma'muriyati tomonidan o‘quv qurollari hamda maktab kundalik formasi taqdim etildi. Jajji qizaloqning o‘z tengdoshlaridan kech bo‘lsa-da maktab dargohida ekanligi barcha mas'ullarni quvontirdi. Endi u ham ta'lim va tarbiya maskanida!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech