Farg’onada Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirlari

09.Fev.2025

Shu kunlarda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari butun respublikamizda, shu jumladan, viloyatimizda ham ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyobonida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar va she’riyat ixlosmandlari jam bo‘ldilar.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi shahsiy tarkibi ham tadbirda faol ishtrok etib, alloma haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Navoiyga ehtirom tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov so‘z olib, yig‘ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutladi. Bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech