Farg‘onada Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

20.Avg.2025

Milliy gvardiya qo’mondonligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyatida joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organ harbiy xizmatchilari va xodimlari, mutaxassis psixologlar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida "Shaxsiy tarkibda salbiy informatsion xurujlarga qarshi barqaror ruhiy bardoshlikni va jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun ruhiy sifatlarni shakillantirishning usul-uslublari: Muammo va yechimlari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar zamonaviy sharoitda armiyani nafaqat texnik, balki axloqiy-ruhiy jihatdan ham tayyorlash zaruriyati ortib borayotganligini, Qurolli kuchlarni shakllantirishda kuch tuzilmalari bilan birgalikda axloqiy va ruhiy taʼminotga alohida eʼtibor qaratish, harbiy xizmatchilarni doimiy ravishda yuksak axloqiy qarashlar, vatanparvarlik va mardlik ruhida tarbiyalash, ularning kuchli ruhiy tayyorgarligini ta’minlash bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishdi.

Harbiy xizmat murakkab va masʼuliyatli jarayon bo‘lib, xizmatchilardan nafaqat jismoniy, balki kuchli ruhiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Shunday ekan, harbiy xizmatchilar o‘z burchlarini ado etishda axloqiy va ruhiy barqarorlikni saqlashlari, Vatan himoyasiga sodiq qolishlari lozim. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat individual, balki jamoaviy ruhiy holat va axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashni taqozo qiladi. Anjumanning ikkinchi qismida aynan amaliy jihatlar ko’rgazmali chiqishlar orqali namoyish etildi.

Bahs va munozaralarga boy o’tgan mazkur ilmiy-amaliy konferentsiya yakunlari bo’yicha erishilgan xulosalar kelgusida kuch tuzilmalari shaxsiy tarkibi bilan ishlashda foydalanilishi bo’yicha kelishilib olindi.

Tadbir so‘ngida o‘z maʼruza va takliflari bilan ishtirok etgan hamkorlikdagi kuch tuzilamalar xodimlari Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech