Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismda Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi kelgan harbiy xizmatchilarning “Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilish to‘g‘risidagi qasamyodi” marosimi o'tkazildi.
Tantanali qasamyod marosimida harbiy xizmatchilar o‘zlariga berilgan imkoniyatlardan foydalanib, Vatan va o‘zbek xalqi oldidagi burchini sidqidildan, vijdonan, or-nomus ila bajarishga, Vatan sarhadlarini, uning tinchligini va fuqarolar xavfsizligini ta‘minlashga O'zbekiston Respublikasi va Milliy gvardiya bayroqlari oldida tantanali qasamyod qilishdi.
Bo`lishmoq: