Guliston shahrida joylashgan 5-son va 7- sonli "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari holidan xabar olish maqsadida yashash xonadonlariga tashrif buyurildi

05.Fev.2025

Milliy gvardi Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi polkovnik N.M.Abduvaliyev tomonidan Guliston shaharda joylashgan 5-son va 7- sonli "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari holidan habar olish maqsadida yashash xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar bilan yashash xonalaridagi sharoitlar, xonalarning issiqligi, ta'lim olishlari hamda toʻgaraklarga qatnashishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali oʻtkazishlari yuzasidan suhbatlar o'tkazildi.

"Oilaviy bolalar uylari" rahbarlari hamda tarbiyalanuvchilari Milliy gvardiya qoʻmondonligiga koʻrsatilayotgan eʼtibor uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech