"Xalq va armiya - bir tanu bir jon" shiori ostida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

30.Dek.2024

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Toyloq tumanidagi 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni harbiy ruhda tarbiyalash maqsadida "Xalq va armiya - bir tanu bir jon" shiori ostida sport musobaqalari tashkil etdi. Musobaqada o‘quvchilar arqon tortish, shashka, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Tadbirda o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklari va o‘zaro hamkorlikda ishlash qobiliyatlari sinovdan o‘tdi. Sport musobaqalari nafaqat sog‘lom raqobatni, balki hamjihatlikni va do‘stlikni ham targ‘ib qildi. Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu tadbir o‘quvchilarda vatanparvarlik, jismoniy va ruhiy sog‘lomlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, ularni kelajakda o‘z yurtiga sadoqatli, baquvvat va mas’uliyatli fuqarolar bo‘lib yetishishlariga turtki berdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech