O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Jamoat xavfsizligi universiteti Psixologik ta’minlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Harbiy xizmatchilarning oilalarida ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy muhitni mustahkamlashning psixologik jihatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilarining hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi, Toshkent shahar bandlikka ko‘maklashish Bosh boshqarmasi xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning oilalarida ma’naviy muhitni hamda psixologik iqlimni mustahkamlash maqsadida tadbirga Toshkent shahar bandlikka ko‘maklashish Bosh boshqarmasi yordamida Toshkent shahrining 42 ta korxona va tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan, qiziqishi bo‘lgan ayollarni hunarmandchilikka va kasanachilikka o‘rgatish maqsadida 4 nafar tadbirkor ayollar o‘zlarining qo‘l mehnatida tayyorlagan namunalar bilan ishtirok etishdi. Tadbir yakuniga ko‘ra barcha korxona va tashkilotlarning mutaxassislari hamda hunarmand ayollar tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga o‘zlarining zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalarini berdilar. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarni farzandlari uchun yangi yil bayrami archasi bezatilib, A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Yangi yil ertagi” nomli sahna ko‘rinishi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xonandalari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti orkestr jamoasi va badiiy jamoasi o‘z chiqishlari bilan bolajonlarda yaxshi ta’surot qoldirdi. Tadbirda harbiy xizmatchilar oila a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida 15 nomdan iborat oila va oilaviy munosabatlar mavzusiga oid 200 dan ortiq qo‘llanma, risola va boshqa targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Tadbir yakunida Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Toshkent shahar Olmazor tumani xokimligining bolajonlar uchun tayyorlangan yangi yil sovg‘alari tarqatildi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Harbiy xizmatchilarning oilalarida ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy muhitni mustahkamlashning psixologik jihatlari yoritilib, ularning oilalaridagi sog‘lom turmush tarzini barqaror bo‘lishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib, kelgusi xizmatlarini yanada samarali tashkil etishlariga xizmat qiladi.
Bo`lishmoq: