Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari toʻgʻrisida

11.Noy.2024

Davlatimiz rahbarining barcha sohalarga bo‘lgan yangicha yondashuvi va amalga oshirayotgan islohotlari samarasida Yangi O‘zbekiston jahon hamjamiyatida barqaror va jadal rivojlanayotgan davlat, ishonchli hamkor va ulkan imkoniyatlar mamlakati sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ham ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ikkita davlat Rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zaro hamkorlik kelishuvlari amaliy ijrosi yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi delegatsiyasi ilk bor joriy yilning 8-10 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Mehmonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan Faxriy qorovul ishtirokida tantanali kutib olindi.

Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, jangovar va maxsus tayyorgarlikni tashkil etish va tajriba almashish, shuningdek, jamoat tartibini saqlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan kelishuvlar yuzasidan Protokoli imzolandi.

Mehmonlar Milliy gvardiya Situatsion markazining moddiy-texnik bazasi va faoliyati hamda Milliy gvardiya muzeyi bilan tanishdi.

Tadbir davomida delegatsiya aʼzolari Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib, o‘z burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shuningdek, anʼanaga ko‘ra daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, mehmonlar Toshkent shahri “Qo‘riqlash” boshqarmasi hamda "Temurbeklar Maktabi" harbiy akademik litseyi, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot xizmati, Bolalar psixologiyasi markazlari, Jamoat xavfsizligi universiteti shuningdek, Samarqand shahrining tarixiy obidalarida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlashga qaratilgan Turistik patrul xizmati faoliyati bilan tanishishdi.

Mazkur tashrif Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbinning mamlakatimizga ilk tashrifi bo‘lib, bu O‘zbekiston bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarining mustahkamlanishi, jumladan, huquq-tartibot idoralari, harbiy va boshqa sohalarda ham ko‘p qirrali hamkorlikning yana-da rivojlantirishga keng imkon yaratadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech