Tadbirda muqaddam Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi tizimlarida fidokorona mehnat qilgan faxriylar, soha xodimlari va Ogahiy ijod maktabining professor o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi. Qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lgan tadbir yoshlar uchun nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun poydevor bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, maʼruzachilar tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlardan keng foydalangan tarzda o‘qib, izlanib, mamlakatimiz uchun kerakli bo‘lgan malakali kadr bo‘lib yetishishlari zarur ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Buning uchun qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish bo‘yicha soha faoliyatiga doir amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashildi. Savol-javob tarzida davom etgan davra suhbati qiziqarli taassurotlarga boy tarzda bo‘ldi. Ko‘zlarida vatanparvarlik hissi jo‘sh urib turgan yoshlar, kelajakda yurt koriga yaraydigan o‘g‘il-qizlar bo‘lib yetishadi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Tadbir yakunida bir qator faol yoshlar Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: