Xodimlar hamda ularning farzandlari uchun Kulolchilik markaziga sayohat tashkil etildi.

09.Noy.2024

Xodimlarning dam olish kunlari hamda ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish hamda noyob meʼmoriy obidalar va hunarmandchilik sanʼati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar va turli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayni shu maqsadlarda Rishton tumani “Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlari va ularning farzandlari, uchun tumanidagi “Kulolchilik markaziga” sayohat tashkil etildi.
Dastalab yoshlarga, mutaxassislar tomonidan kulolchilik sanʼati, uning tarixi, kulollar tomonidan qoʻllaniladigan dastgohlar, sopol idishlar hamda turli buyumlar yasash, ularni tayyorlash hamda naqshinkor bezaklar berish boʻyicha tushunchalar berildi. Shundan soʻng, yoshlar xar bir kulolchilik buyumlarini yasash jarayonlarini bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Sopol idishlarga mohir hunarmandlar tomonidan chizilayotgan naqshlar xar bir ishtirokchida katta qiziqish uygʻotti desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Ayniqsa sayohat yoshlar uchun juda qiziqarli boʻldi. Hunarmandchilik markaziga tashrif davomida tinchlik posbonlari va ularning farzandlari koʻplab qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Ushbu maskanga sayohat qilgan ertamiz davomchilarining sharafli soha haqidagi tasavvurini boyitishda muhim omil boʻldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech