Andijon davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti Psixologiya fanlari nomzodlari (PhD) tomonidan Milliy gvardiyaning Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari uchun amaliy trening o‘tkazildi. Ushbu treningning asosiy maqsadi — xodimlarda jamoaviy ruhni shakllantirish va tavakkalchilikka moyillikni kamaytirish. Treningda xodimlar xatarlarga to‘g‘ri munosabat bilan yondashish, ishonchni oshirish va qarorlar qabul qilishda birgalikda ishlashni o‘rganishdi. Jamoaviy o‘yinlar orqali xodimlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirib, tavakkalchilikni kamaytirishning samarali usullarini amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan.
Har bir xodimning tavakkalchilikka bo‘lgan munosabati tahlil qilindi va ularga o‘zgarishlar kiritish uchun psixologiya usullari asosida yo‘l - ko‘rsatmalar berildi.
Bo`lishmoq: