Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Bellashuv harbiy tayyorgarlikni oshirish va mustahkamlashga qaratilgan kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi shartlardan iboratdir.
Bu kabi bellashuvlar yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy xolatlarni oldini olishdan iborat. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: