Xorazmda “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko’krak nishoni topshirildi.

17.Okt.2024

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko’krak nishoni joriy etilgan bo’lib, Xorazm viloyatida ham ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bir guruh otryad a’zolarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali tadbirda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy vatanparvarlik harakati, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida harbiy orkestr jamoasi, sportchilar va harbiylarning ko’rgazmali chiqishlari tashkil etildi. 

Ma’lumot uchun shuni aytish kerakki, viloyatda 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining 260 nafardan ortiq o’quvchilari ko’krak nishonini qabul qilib oldilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech