Viloyatning eng chekka hududlarida ham vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda. Xususan, Xoʻjabod tumanining 31-maktabida harbiy prokuratura, Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir doirasida shaxmat, shashka, stol tennisi, arqon tortish va kamondan otish kabi sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Oʻquvchilar oʻrtasida katta qiziqish uygʻotgan ushbu musobaqalarda ishtirokchilar nafaqat jismoniy mahoratini, balki mantiqiy tafakkuri va jamoaviy birdamligini ham sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Bo`lishmoq: