Inspektor-psixologlar xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o’quv-seminari doirasida tajribali mutaxassislar ishtirokida o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.

08.Noy.2024

Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar xizmat faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminari doirasida tajribali mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Xususan, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutasaddi vakillari "Maktab psixologlari bilan hamkorlikda ishlarni samaradorligini oshirish" hamda "Maktab o‘quvchilari bilan maʼnaviy va maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish" mavzusida seminar ishtirokchilari uchun kerakli nazariy bilimlarni berishdi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘quvchi-yoshlar bilan inspektor psixologlarning o‘zaro hamkorligi, kerakli vaziyatda o‘quvchilarni nazorat qilish, kasb doirasidan kelib chiqqan holda maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarni tashkillashtira olish va ularda yoshlar ishtirokini taʼminlash, shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish kabi masalalar muhokama qilindi va fikrlar almashildi. 

Shu bilan bir qatorda bugungi shiddatli davrda nafaqat o‘qituvchilar, endilikda inspektor psixologlarning ham o‘rni, majburiyati va masʼuliyati ortib borayotgani alohida taʼkidlanib o‘tildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech