Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi hamda "Maʼrifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida amalga oshirildi.
Seminarning asosiy maqsadi inspektor-psixologlarning maktablardagi xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish edi. O‘quv-seminarda psixologik maslahat berish, o‘quvchilarning ruhiy holatini tahlil qilish, xatarlarni aniqlash va ularga samarali yechimlar taklif qilish bo‘yicha zamonaviy metodlar va amaliyotlar o‘rganildi.
Seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.Bunday o‘quv-seminarlar maktablardagi psixologik xizmatlarning samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning ruhiy holatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ular nafaqat taʼlim muassasalarida ish olib borayotgan inspektor-psixologlar malakasini oshirishga, balki o‘quvchilarning salomatligi va farovonligini taʼminlashga ham yordam beradi. Shuningdek, bunday dasturlar o‘quvchilarda ruhiy barqarorlikni shakllantirishda, stress va boshqa psixologik muammolarga qarshi kurashishda samarali xizmat qiladi.
Bo`lishmoq: