Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5-fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilgan edi. Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarning ta'lim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan ko‘maklashish, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iboratdir. Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tugatgan 60 nafar inspektor-psixologlarga "leytenant" harbiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi. Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida ham ofitserlarni tayyorlash kurslarini tugatgan bitiruvchilari inspektor-psixologlarga dastlabki leytenant unvoni topshirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutasaddi vakillari, ota-onalar, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari ishtirok etishdi. Tantanali tadbirda boshqarma boshlig‘i polkovnik A.Ablyakimov so‘zga chiqib, yosh inspektor-psixologlarni dastlabki ofitserlik unvonini olganligi bilan tabrikladi va kelgusi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Shunindek inspektor-psixologlarga o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchiliklarni oldini olish, ota-onalar va mahalla faollari bilan hamkorlikda ishlashni yanada jadallashtirish bo‘yicha topshiqlar berib, sertifikat va harbiy unvonlar tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.
Bo`lishmoq: